1

70 million so`mlik telefonlarni yashirishga urinish naf bermadi

Jinoyat 09.03.2019, 18:40
70 million so`mlik telefonlarni yashirishga urinish naf bermadi

Toshkent xalqaro aeroporti bojxonachilari tomonidan tovar moddiy boyliklarini noqonuniy olib kirilishiga doir bojxona qonunbuzarliklariga o`z vaqtida chek qo`yilmoqda.

Jumladan, “Seul-Toshkent” yo`nalishi bilan uchib kelib, “yashil” yo`lak orqali harakatlangan fuqaro E.Sh.ning xatti-harakati bojxonachilarning e`tiborini tortdi. Natijada, uning yuklari xolislar ishtirokida bojxona nazoratidan o`tkazildi. Fuqaroning sumkasida yo`lovchi bojxona deklarasiyasida va og`zaki so`rovda ma`lum qilinmagan qiymati taxminan 70 million so`mlik 30 dona uyali telefonlar borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1