1

Yashirin sexlar faoliyatiga chek qo`yildi

Jinoyat 09.03.2019, 18:52
Yashirin sexlar faoliyatiga chek qo`yildi

Davlat bojxona qo`mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari Toshkent viloyati bojxonachilari bilan hamkorlikda rangli metallarning noqonuniy savdosiga qarshi tezkor tadbir o`tkazdi.

Unda Toshkent shahrida faoliyat olib boruvchi MChJlarning biri o`z tarkibida noqonuniy sex tashkil qilgani fosh etildi. Yashirin sexda sifati kafolatlanmagan alyuminlardan qozonlar yasalishi yo`lga qo`yilgani aniqlandi. MChJning vakili fuqaro T.B. tomonidan sexda to`plangan 53,2 million so`mlik 13 tonna alyumin ashyoviy dalil sifatida olindi.

Shuningdek tadbir davomida mamlakatimizdagi yana bir MChJlarning biri tarkibida tashkil qilingan noqonuniy sex faoliyatiga nuqta qo`yildi. Unda MChJ direktori fuqaro N.R. boshchiligida to`plangan umumiy qiymati 10 million so`mlik 2,5 tonna metall parchalari ashyoviy dalil sifatida olindi.

Olingan metall parchalari “O`zikkilamchiranglimetall”ga topshirilib, holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1