1

Qo`l yukida tamaki mahsulotlarini olib kirmoqchi bo`lgan shaxs to`xtatib qolindi

Jinoyat 11.03.2019, 21:38
Qo`l yukida tamaki mahsulotlarini olib kirmoqchi bo`lgan shaxs to`xtatib qolindi

Amaldagi tartiblarga ko`ra, jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegaralari orqali 10 quti tamaki mahsulotlarini bojxona to`lovlarisiz olib kirish me`yori belgilangan. Biroq mo`may daromad orttirish istagidagi ayrim shaxslar bojxona nazoratidan yashirincha shu turdagi tovarlarni yurtimizga noqonuniy olib kirishga urinishmoqda.

Xususan, “Pop” chegara bojxona posti orqali piyoda harakatlanayotgan fuqaro O.N.ning harakatlari bojxonachilar e`tiborini tortdi va belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o`tkazildi.

Natijada, uning qo`l yuki orasida deklarasiyalanmagan va og`zaki so`rov paytida bojxona xodimlariga ma`lum qilinmagan 2 turdagi jami 130 quti tamaki mahsulotlari noqonuniy ravishda olib o`tilayotgani aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1