1

Poezdda olib kelinayotgan sifati kafolatlanmagan mahsulotlar fosh etildi

Jinoyat 11.03.2019, 21:41
Poezdda olib kelinayotgan sifati kafolatlanmagan mahsulotlar fosh etildi

Toshkent shahar bojxona boshkarmasi Kontrabanda va bojxona konunchiligi buzilishiga karshi kurashish bo`limi xodimlari “Keles” temir yo`l chegara bojxona posti vakillari bilan hamkorlikda tovar moddiy boyliklarining noqonuniy olib kirilishiga qarshi tezkor tadbir o`tkazdi.

Tadbir davomida “Moskva-Andijon” yo`nalishi bo`yicha harakatlanayotgan poezdda fuqaro A.F. tomonidan sifati kafolatlanmagan 630 dona elektron kalyan aromatizatorlari hamda 3 komplekt tibbiyotda qo`llaniladigan jarrohlik asboblari borligi aniqlandi. Qonunbuzardan olib qo`yilgan ashyoviy dalillarning umumiy qiymati 88,2 million so`mni tashkil qildi.

Ayni paytda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1