1

«Elparvar» tarixiy filmining premera kuni ma`lum bo`ldi

Madaniyat 15.03.2019, 14:12
«Elparvar» tarixiy filmining premera kuni ma`lum bo`ldi

«O`zbekkino» MA buyurtmasiga binoan prodyuser Zafar Yo`ldoshev hamda rejissyor Abduvohid G`aniev tomonidan suratga olinayotgan «Elparvar» tarixiy filmining premera kuni ma`lum bo`ldi.

Filmning suratga olish ishlari Buxoro va Xiva shaharlari hamda Toshkent viloyatida bo`lib o`tgan.

Bosh rollarni yosh aktyor Abdug`ofur Isaxanov hamda aktrisa Feruza Yusupovalar ijro etishgan.

Bundan tashqari O`zbekiston xalq artisti Muhammad Rafikov, Shafoat Rahmatullaeva, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Fotih Jalolov, Tohir Saidov, Seydulla Moldaxanov, Lola Eltoeva, Farhod Abdullaev, aktyorlar Alisher Uzoqov, Jamshid Sagatov, Turg`un Beknazarov, Anjelika Esimbetova, Azim Yo`ldoshev singari aktyor va aktrisalar filmda turli rollarni ijro etishgan.

Operator Rustam Murodov, ikkinchi rejissyor Dilbar Yusupova, montaj rejissyori Xurshid Alixo`jaev, montaj rejissyori yordamchisi Tohir Nabiev, grafika ustasi Lazizxon G`aniev, kartina direktorlari Hotam Hamroev, Qudrat Shobilolov, ovoz rejissyori Konstantin Filanov, liboslar bo`yicha rassom Nina Dobrina, bastakor Artyom Kim boshchiligidagi «Omnibus» ansambli va boshqalar.

Film premerasi 19 mart kuni Alisher Navoiy nomli kino saroyida bo`lib o`tishi rejalashtirilgan.

«Elparvar» filmni 20 martdan yurtimizning barcha kinoteatrlarida tomosha qilishingiz mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1