Yurtimizga kirib kelish chog`ida bojxona maskanlaridan o`tayotgan fuqarolarning dastlabki majburiyati bu – ularning yonida bo`lgan tovar moddiy boyliklari hamda valyuta qimmatliklarini yozma ravishda deklarasiyalashdan iboratdir.
Biroq, qo`shni mamlakatdan “Sariosiyo” chegara bojxona postiga kirib kelgan fuqaro S. N. o`rnatilgan tartiblarni qo`pol ravishda buzishga uringanligi aniqlandi.
Bojxona xodimi fuqaroni belgilangan tartibdagi nazoratdan o`tqazdi. Natijada, uning boshqaruvidagi“Opel ZAFIRA” rusumli engil avtomashinaning o`rindig`i ostidan 80 quti sigaretlar yashirilganligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.