1

Og`ir atletikachi Ruslan Nuriddinov JCh-2014da bir yil avvalgi natijasini takrorlay olmadi

Sport 16.11.2014, 11:31
Og`ir atletikachi Ruslan Nuriddinov JCh-2014da bir yil avvalgi natijasini takrorlay olmadi

O`zbekistonlik og`ir atletikachi Ruslan Nuriddinov Qozog`istonning Olma-Ota shahrida bo`lib o`tayotgan jahon chempionatida 105 kilogramm vazn toifasidagi atletlarning siltab ko`tarish bahslarida ikkinchi bo`ldi. Bu haqda OlamSport.com xabar bermoqda.

Avvalroq, Ruslan Nuriddinov dast ko`tarishda 193 kilogramm natija ko`rsatib (2013 yilga nisbatan 3 kilogramm yaxshi ko`rsatkich), oltin medalni qo`lga kiritgan edi.

Biroq, siltab ko`tarish uchun bahslarda musobaqa mezboni – qozog`istonlik Ilya Ilin kuchliroq chiqdi. Nuriddinov uchinchi urinishda 239 kilogramm og`irlikka buyurtma berdi va undi ko`tardi, raqibi Ilin esa uchinchi urinishda 242 kilogramm toshni o`ziga bo`ysundirdi.

«Ikki kurash yakuniga ko`ra, har ikki sportchining natijasi tenglashib qoldi. Bunday vaziyatda atletlarning shaxsiy vazn toifalariga murojaat qilinadi. Bu borada Ilin (104,35) Ruslan (104,78)dan 43 grammga engilroq bo`lib chiqdi», – deyiladi OlamSport.com xabarida.

Eslatib o`tamiz, Ruslan Nuriddinov 2013 yili Polshada bo`lib o`tgan jahon chempionatida dast ko`tarishda 190, siltab ko`tarishda 235 kilogramm natija ko`rsatib, jahon chempioniga aylangan edi.

Shundan so`ng u O`zbekiston Prezidenti farmoniga asosan «O`zbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan taqdirlangan, shuningdek, unga hukumat tomonidan Chevrolet Cobalt avtomobili taqdim etilgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1