1

Avstraliya-2015. Mutaxassislar Osiyo kubogi finalida Avstraliya - Yaponiya uchrashadi, deb hisoblashmoqda

Sport 17.11.2014, 09:11
Avstraliya-2015. Mutaxassislar Osiyo kubogi finalida Avstraliya - Yaponiya uchrashadi, deb hisoblashmoqda

Kelasi yilning yanvar oyida Avstraliya davlatida bo`lib o`tadigan Osiyo kubogi musobaqasi tobora yaqinlashmoqda. Qit`amizning ushbu nufuzli forumi dunyo futboli mutaxassislarnining ham e`tiborini o`ziga tortmoqda.
Jumladan, ko`pchilik musobaqa favoritlari borasida so`z yuritishni boshladi. Ularning fikricha, finalda mezbonlar - Avtraliya termasi Yaponiya bilan uchrashadi. 3-o`rin uchun o`yinda Janubiy Koreya hamda Eron termalarining bellashuvini taxmin qilinmoqda.
O`zbekiston milliy terma jamoasining imkoniyatlari bo`lsa, beshinchi o`ringa munosib ko`rilgan. Bizdan keyin Saudiya Arabistoni va BAA termalari qayd etilgan.
Xullas, Mirjalol Qosimov shogirdlarini guruhdan chiqishi va pley-offda to`xtashlari haqiqatga yaqin g`oyani ilgari surmoqda, ayrim futbol mutaxassislar. Bu haqida yirik bukmekerlik korxonalarining tikimlaridan ham bilsa bo`ladi. O`zbekiston etakchilar sifatida qayt etilmagan.
Nima ham derdik, termamizni kuchli to`rtlikka kirmaydi, deb hisoblaydiganlar bilan yanvar oyida gaplashamiz. Har holda yaxshi niyat qilishga haqqimiz bor.

Umid qilamiz, futbolchilarimiz munosib ishtirok etishadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1