1

Italiya-Xorvatiya uchrashuvi ishqibozlarning o`zboshimchaligi sabab to`xtatildi

Sport 17.11.2014, 09:16
Italiya-Xorvatiya uchrashuvi ishqibozlarning o`zboshimchaligi sabab to`xtatildi

Evropa-2016 chempionati saralash uchrashuvlari doirasida bo`lib o`tgan Italiya-Xorvatiya o`yini tribunalardagi tartibsizlar, mehmon ishqibozlarning o`zboshimchaligi sabab to`xtatib qo`yildi.

Xorvatiya terma jamoasi muxlislari maydonga tutunli idishlarni otishgan, shuningdek, tartib posbonlari bilan ham janjallashishgan.

Uchrashuv hakami gollandiyalik Born Kuypers o`yinni 75-daqiqasida to`xtatishga qaror qildi. Bu paytda hisob 1:1 edi, deya xabar bermoqda TASS.

Milandagi “San-Siro” maydonidagi uchrashuv bir necha daqiqadan keyin davom ettirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1