Napoleon Bonapartga tegishli mashhur bosh kiyimlaridan biri Fransiyada Janubiy Koreyalik xaridor tomonidan 1.88 million evroga sotildi.
Aynan ushbu kolleksioner Napoleon imperatorning qariya otboqarlaridan biriga sovg`a qilgan bosh kiyimini qo`lga kiritdi. Olimlar aniq biladigan va Bonapartga tegishli bo`lgan jami19 ta uchburchakli va ikkiburchakli shlyapalar mavjud.
Auksion Parijning janubiy-sharqidan 55 kilometr uzoqlikdagi Fontbeolda bo`lib o`tdi. Bu erda mingdan ortiq buyumlar qo`yilgan edi.
Tashkilotchilardan birining ta`kidlashicha, aynan Napoleonga tegishli buyumning bu erda sotilishi firmaning obro`sini yanada oshiradi, deya xabar bermoqda TASS.





