16 yoshli Alisiya Fernandes Romero Ispaniyaning basketbol bo`yicha ligalaridan biridagi «Benidormom» va «Kalpe» jamoalari uchrashuvida vafot etdi. Bu haqda Mundo Deportivo nashriga tayanib, «Segodnya» xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, basketbolchi qiz uchrashuv davomida boshi aylanayotganini aytib, boshqa o`yinchi bilan almashtirilishini so`ragan. Zahira o`rindig`idan joy olgan qiz birozdan so`ng hushini yo`qotgan.
«To`satdan vafot etish sindromi»ni qayd etgan tibbiy xodimlar qizning hayotini saqlab qola olmadi.
Basketbol bo`yicha Ispaniya federasiyasi Alisiya Fernandes Romeroning oilasi va yaqinlariga ta`ziya bildirdi.
manba: daryo.uz





