Taniqli AQShlik bokschi Mayk Tayson Vilyama Shekspirning Otello pesasida Otello rolini ijro etish istagida ekanini bildirgan, deya xabar beradi Gazeta.ru nashri.
Bokschining fikriga ko`ra, u teatr sahnasiga chiqishga xali tayyor emas, shu sababli bundan avval televidenieda ishlab ko`rmoqchi.
“Men Shekspirning Otellosida biror rolni ijro etishni istardim. Aynan qaysi rolligini bilmayman, biroq agar Otelloning roli bo`lsa menimcha, qiziqroq bo`lardi” deya fikr bildirgan Mayk Tayson o`z intervyusida.
May`lumot uchun aytish mumkinki, Tayson 55 dan ortiq filmlarda rol ijro etgan. Ularning ba`zilari yaqin kunlarda dunyo ekranlariga chiqishi rejalashtirilmoqda.





