1

O`zbekiston U-22 terma jamoasi o`rtoqlik o`yinida Albaniya yoshlarini mag`lub etdi

Sport 17.11.2014, 12:58
O`zbekiston U-22 terma jamoasi o`rtoqlik o`yinida Albaniya yoshlarini mag`lub etdi

BAAning Dubay shahrida o`zining navbatdagi yig`inini o`tkazayotgan O`zbekiston U-22 terma jamoasi Albaniya U-22 yoshlariga qarshi o`rtoqlik o`yinida maydonga tushdi va 2:0 hisobida g`alaba qozondi.

Dubay shahrida o`tkazilgan o`rtoqlik uchrashuvida Shuhrat Maqsudov shogirdlari Albaniya yoshlariga qarshi maydonga tushishdi. Birinchi bo`lim Sardor Sobirxo`jaev tomonidan kiritilgan gol evaziga O`zbekiston yoshlar terma jamoasining g`alabasi bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo`lim teng kurashlar ostida kechgan bo`lsa ham, o`yinning 87-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan Jasur Hakimov raqib darvozasini ishg`ol qilib o`yindagi yakuniy hisobni o`rnatdi - 2:0.

Ma`lumot o`rnida, Shuhrat Maqsudov bosh murabbiyligidagi terma jamoa Dubayda yana ikkita o`rtoqlik uchrashuvini o`tkazishadi. Rejaga ko`ra, 17 noyabr kuni Saudiya Arabistoni «Najran Sport Klubi» jamoasiga qarshi uchrashuv o`tkazilsa, 18 noyabr kuni Bahrayn U-22 yoshlariga qarshi o`yin bo`lib o`tadi.

O`rtoqlik uchrashuvi.
16 noyabr. Dubay. BAA.
O`zbekiston U22 - Albaniya U22 - 2:0
Gollar: Sardor Sobirxo`jaev (40), Jasur Hakimov (87).
O`zbekiston U-22: A. Abdujalilov, A. Olimov (S. Asqarov), S. Rahmonov, M. Ubaydullaev, T. Shamshiddinov (X. Muxtorov), J. Abdumo`minov (Q. Ro`ziev), S. Sobirxo`jaev (J. Rasulov), D. Turopov (T. Hakimov), A. Maxstaliev, J. Masharipov, A. Shog`ulomov (J. Hakimov).

Manba: http://the-uff.com/

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1