Italiyalik Vinchenso Kantiello Maltada bo`lib o`tgan bolalar o`rtasidagi “Evrovidenie-2014” tanlovida o`zining “Tu primo grande amore” qo`shig`i bilan g`olibiga aylandi, deya xabar bermoqda RIA Novosti.
Tanlovning final bosqichida 16 davlat vakillari kuch sinashishdi: Ukraina, Rossiya, Belarusiya, Gruziya, Malta, Bolgariya, Kipr, Italiya, Armeniya, Xorvatiya, San-Marino, Chernogoriya, Niderlandiya, Serbiya, Sloveniya va Shvesiya.
Vinchenso Kantiello Neapoldan unchalik uzoq bo`lmagan kichkinagina Sant-Aprino shahrida 2000 yili 25 avgustda dunyoga kelgan. Vinchenso Italiyadagi bir nechta mashhur qo`shiqlar tanlovida g`olib chiqqan, biroq uning faoliyatida burilish mamlakatdagi eng ommaviy bolalar shousi Ti lascio una Canzonedagi ishtiroki bo`ldi.





