AsosiyShou-biznes

“To`ylar muborak”: 36 yillik sog`inch, 80 yoshli “kuyov” va yorqin xotiralar

“To`ylar muborak”! Bu filmni har birimiz o`nlab marotaba tomosha qilganmiz. Biroq, har gal uning namoyishi boshlanishi bilan ekran qarshisidan ketmay qolamiz. Bir-biridan qiziq lavhalarni ko`rish asnosida chehramizda tabassum yoyiladi. Uning har bir qahramoni go`yoki barchamizning yaqin qadrdonlarimizga aylanib ulgurgan. 

“ALEBASTER IChIDA OYoG`IM QOLIB KETGAN”

Obid Yunusov O`zbekiston Xalq artisti. (Bosh rol ijrochisi, 80 yosh):

Ushbu film suratga olinayotgan paytda yana boshqa o`nta filmlar bo`yicha kinosinovlar o`tkazilgan, birontasidan ham o`tmaganman. Shu bois “To`ylar muborak” filmining rejissyori Eduard Xachaturov uch marotaba kinosinovga chaqirganida men unga, “agar meni shunchaki kinosinovga chaqirib, ertaga rolni boshqa birovga beradigan bo`lsangiz kerak emas, kinosinovda qatnashmayman. Meni vaqtimni bekorga olib, rolni boshqasiga berib dilimni og`ritmanglar”, dedim.

ChO`KIB KETIShIMGA BIR BAHYa QOLGAN...

Hayrulla Sa`diev, O`zbekiston Xalq artisti (kuyovning do`sti() 64 yoshda:

—Filmda men kuyovbolaning to`yida boshidan oxirigacha yugurib yuradigan do`stini o`ynaganman. Aytarli uzoq gapirishga arzigulik rol ham emasdi.  Lekin muxlislarning yodida bo`lsa, men filmda suvga cho`kib ketayotib, “ shu erda cho`kkan odamni ko`rmadinglarmi?” deb qichqiraman.  Aynan shu kadrlar ...

Ushbu intervyuda "To`ylar muborak" filmidagi barcha aktyorlar filmni suratga olish jarayoni, ayni vaqtdagi hayoti haqida gapirib berishadi. Suxbatni to`liq holda "Darakchi" gazetasining 43-sonida o`qish imkoniyatiga egasiz. 

Obuna indeksi: 424

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar