1

Facebook ishda kirish uchun mo`ljallangan yangi ijtimoiy tarmoq ustida ish olib bormoqda

Hi-tech 19.11.2014, 11:07
Facebook ishda kirish uchun mo`ljallangan yangi ijtimoiy tarmoq ustida ish olib bormoqda

Facebook kompaniyasi kasb egalari (professionallar) uchun mo`ljallangan yangi Facebook at Work sayti ustida ish olib bormoqda. Bu haqda, o`z manbalariga asoslanib, The Financial Times xabar bermoqda.

Gazeta ma`lumotlariga ko`ra, yangi loyiha Google, Microsoft va LinkedIn bilan bevosita raqobat qiladi.

Qayd etishlaricha, Facebook at Work foydalanuvchilari chatda hamkasblari bilan muloqot qilishlari, ish bo`yicha aloqaga chiqishlari va Google Drive va Microsoft Office’dagi kabi hujjatlar bilan ishlashlari mumkin bo`ladi.

Manbalarning ma`lum qilishlaricha, yangi sayt ko`p jihatdan Facebook’ga o`xshab ketadi, xususan, unda yangiliklar lentasi va guruhlar bo`ladi.

Maqolada ta`kidlanishicha, yangi loyiha obunachilarga “ta`tildagi suratlar, siyosiy bahs-munozaralar va ahmoqona videolardan iborat” shaxsiy profilni professional “shaxsiyat”dan alohida saqlashga yordam beradi.

Facebook’ning o`zi ushbu loyihadan ko`pdan beri foydalanib keladi, uni boshqa kompaniyalar uchun ham ochish masalasi Facebook ichida bir necha bor muhokama qilingan. The Financial Times’ning qayd etishicha, ko`plab kompaniyalarda ijtimoiy tarmoqlarning ish unumdorligiga salbiy unumdorligidan xavfsirab, Facebook ijtimoiy tarmog`idan foydalanish taqiqlab qo`yilgan.

Facebook’ning o`zi ushbu xabarlar yuzasidan hozircha bayonot berganicha yo`q.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1