1

Messi «Barselona»ni tark etishi mumkinligiga ishora qildi

Sport 19.11.2014, 11:08
Messi «Barselona»ni tark etishi mumkinligiga ishora qildi

Kataloniyaning «Barselona» futbol klubi argentinalik yarim himoyachisi Lionel Messi Ole gazetasiga bergan intervyusida jamoani tark etishi mumkinligiga ishora qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

Kelajak rejalari haqidagi savolga javob berarkan, Messi asosiy e`tiborni bugungi kunga qaratishni ma`qul ko`rishini va omadsiz chiqqan 2013/2014 yilgi mavsumdan so`ng «Barselona» bilan yangi sovrinlarni qo`lga kiritishni istashini aytib o`tdi.

«Shundan keyin ko`ramiz», – deya qo`shimcha qildi Messi, «Butun faoliyatingizni «Barselona»da o`tkazishni rejalashtiryapsizmi?», qabilida berilgan savolga javob berarkan.

«Futbolda vaziyat juda tez keskin o`zgarib ketishi mumkin. Men har doim «Barselona»da abadiy qolishni xohlashimni aytib kelgan bo`lsam-da, ba`zi narsalar sen xohlagandek bo`lavermaydi», – dedi Messi.

Ketish qarori uning o`zidan chiqadimi yoki bu boshqa birovning hukmi bilan amalga oshadimi, qabilidagi savolga argentinalik futbolchi shunday javob berdi: «Men bu haqda ko`p marotaba gapirganman. Agar hammasi menga bog`liq bo`lganida – men har doim shu erda qolgan bo`lardim».

Agar haqiqatan ham 27 yoshli «Barselona»dan ketadigan bo`lsa, uning transferi jahon rekordiga aylanishi mumkin – ba`zi hisob-kitoblarga ko`ra, futbolchining transfer bahosi 100 million evro (125 million dollar)dan ortiq.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1