1

Rasman! «Andijon» jamoasi Oliy ligada qoldirildi!

Sport 19.11.2014, 11:12
Rasman! «Andijon» jamoasi Oliy ligada qoldirildi!

18 noyabr kuni ertalab Milliy Olimpia Qo`mitasi raisi hamda O`zbekiston Futbol Federasiyasi prezidenti Mirabror Usmonov boshchilagidagi katta delegasiya Andijonga tashrif buyurdi.

Mirabror Usmonov boshchilik qilgan delegasiyadan Sardor Rahmatullaev (O`FF vise-prezidenti), Narimon Jalolov (O`FF faxriylar bilan ishlash bo`limi boshlig`i), Farhod Magometov (PFL bosh direktori), Muxtor Hoshimov, Murod Aliev (Respublika Madaniya va Sport ishlari vazirligi o`rinbosari), Oybek Qosimov (MOQ bosh kotibi), Shavkat Imomov, Shavkat Jalilov (MOQ matbuot kotibi) va Hasan Pirmuhammedov (fotomuxbir) o`rin olishdi. Ularning Andijonga tashrifidan asosiy maqsad, viloyatda sport turlariga jiddiy e`tibor qaratish, “Andijon” futbol jamoasining infrastrukturasini kuchaytirish, shuningdek, MOQ tomonidan belgilab olingan istiqbolli sport turlariga bo`lgan e`tiborni oshirish bo`ldi.
Toshkentdan kelgan M.Usmonov boshchiligidagi delegasiya a`zolari dastlab Bo`ston dahasida joylashgan “Andijon” klubi futbol maktabiga tashrif buyurishdi. Mirabror Zufarovich futbol maktabi direktori Muhammadqosim To`xtasinov bilan suhbatlashib, u erda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Shundan so`ng delegasiya yangi qurib bitkazilayotgan qilichbozlik markazi binosini ham ko`zdan kechirishdi. Soat 11:00da Andijon viloyati hokimiyatining majlislar o`tkazish zalida yig`ilish bo`lib o`tdi. Mazkur yig`ilishda Mirabror Zufarovich "Andijon" jamoasini oliy ligada qoldirilganini ma`lum qildi.
- Bu yil “Andijon” jamoasini tashkil topganiga 50 yillik to`ldi. Qolaversa, Andijon ahli futbolni juda sevadi. Shuni inobatga olib, O`FF va PFL hodimlari bilan maslahatlashgan holda “Andijon” jamoasini oliy ligada qoldirishga qaror qildik, - dedi Mirbaror Usmonov.
Shunday qilib, "Andijon" jamoamiz kelasi yili ham oliy ligada ishtirokini davom ettiradigan bo`ldi.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1