AsosiySport

Toshkentda og`ir atletika bo`yicha Afro-Osiyo Kubogi start oldi

18-24 noyabr kunlari poytaxtimiz yana bir nufuzli musobaqaga mezbonlik qiladi. Shu kunlari Afrika va Osiyoning ko`zga ko`ringan og`ir atletikachilari Toshkent shahrida jam bo`lishadi.

Og`ir atletika bo`yicha Afro-Osiyo Kubogi musobaqalari 19 noyabrda boshlanadi. Turnirning ilk kuni erkaklar 56, 62, 69, 77; ayollar esa 48, 53, 58 kg vazn toifalarida supaga chiqadi.

Shuningdek, musobaqada 4—16 noyabr kunlari Qozog`istonning Olma-ota shahrida bo`lib o`tgan jahon chempionatining ishtirokchilari ham kuch sinashadi. Ular orasida o`zbekistonlik mashhur atletlar, xususan jahon chempioni Ruslan Nuriddinov ham bor, deb xabar qiladi olamsport.com sayti.

 
 
 
 
 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar