Kolumbiyaning Kali shahri polisiyasi oshqozonida narkotik moddalarni tashishi rejalashtirilgan 11 yoshli qizni qo`lga oldi, deb xabar bermoqda «RIA Novosti».
Qo`lga olingan qizning oshqozonidan jarrohlik operasiyasi orqali umumiy og`irligi 500−600 gramm bo`lgan narkotik moddalarning 104ta kapsulasi olingan. Bu qaysi turdagi norkotik moddasi ekanligi hozirda aniqlanmoqda.
Polisiya vakillarining so`zlariga ko`ra, ota-onasi ajrashib ketgan qiz dam olish kunlari otasinikida bo`lib, keyin onasinikiga qaytgan. Tunda u o`zini yomon his qilgach shifoxonaga olib borgan. Polisiya hozirda qizning otasini tergov qilmoqda. Kimdir yosh qizdan Evropaga narkotiklar olib o`tish uchun foydalanmoqchi bo`lgan. U Kolumbiyada bunday maqsadlarda foydalanilgani aniqlangan eng yosh inson ekanligi ta`kidlangan.





