1

Mixael Shumaxerning salomatligi hamon o`sha-o`sha

Sport 19.11.2014, 17:06
Mixael Shumaxerning salomatligi hamon o`sha-o`sha

Ayni damda internet nashrlarida “Formula-1” bo`yicha etti kara jahon chempioni Mixael Shumaxerning salomatligiga oid turli xabarlar chop etilmoqda. Chet eldagi saytlari bolggerlariga ushbu ma`lumotlarni “Formula-1” avtopoygasining sobiq vakili Filipp Streyp bergani aniqlandi. Uning so`zlariga ko`ra, Shumaxerning axvoli avvalgidan biroz yaxshi, biroq ayni damda u falaj holatida. Buning ustiga xotirasida va so`zlashishida bir qadar muammolar bor.

Uning muxlislari internet nashrlari orqali, poygachining yaqinlari, do`stlari orqali uning ahqolidan muntazam ravishda xabardor bo`lib turishibdi. Bu uning tez orqda salomatligini tiklab oyoqqa turib ketishida katta ruhiy ko`mak bo`lishi mumkin.

Eslatib o`tamiz, Shumaxer 2013 yil dekabr oyi oxirida jiddiy jarohat olgan va o`shandan bo`yon Grenobledagi klinikada koma holatida bo`ldi. 16 iyun kuni esa sportchi komadan chiqqani haqida xabar berilgan va Lozannadagi reabilitasiya klinikasiga ko`chirilgan. Uning axvoli bir maromga kelgach, u o`z uyiga qaytdi, davolanishni yaqinlari oldida davom ettirmoqda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1