1

Afro-Osiyo chempionati vakillarimiz uchun omadli boshlandi

Sport 20.11.2014, 08:20
Afro-Osiyo chempionati vakillarimiz uchun omadli boshlandi

Poytaxtimizda o`tkazilayotgan og`ir atletika bo`yicha I Afro-Osiyo chempionatining dastlabki kunida sportchilarimizdan Manzuraxon Mamasolieva va Marina Sisoeva oltita kumush medalni qo`lga kiritdi, deya xabar bermoqda O`zA.
58 kilogrammgacha bo`lgan xotin-qizlar bahsida ishtirok etgan M.Sisoeva dast ko`tarishda 87 kilogramm, siltab ko`tarishda 117 kilogramm natijani qayd etdi. Ikkikurash yakuniga ko`ra 204 kilogrammlik marrani egallagan atletimiz yakunda uchta kumush medal sohibiga aylandi. 

M.Mamasolieva 69 kilogramm vazn toifasida dast ko`tarish bahslarida 95 kilogramm, siltab ko`tarishda 125 kilogramm, ikkikurash yakuniga ko`ra 220 kilogramm natija bilan musobaqaning ikkinchi pog`onasidan joy oldi.
Xalqaro turnir davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1