Saudiya Arabistonidagi to`y marosimida kuyov kelinni birinchi marta ko`rib, uning tashqi ko`rinishidan hafsalasi pir bo`ldi va darhol ajrashishga qaror qildi. Bu haqda «Segodnya» xabar bermoqda.
Madina shahridan bo`lgan ushbu juftlik Yaqin Sharqda tarqalgan an`ana bo`yicha kelishgan holda turmush qurgan va kelin-kuyov bir-birini ko`rmagan.
Nikoh marosimi vaqtida fotosuratchi rasmga tushirish uchun qizdan to`r ro`molini yuzidan olishni so`ragan. Shu payt kuyov uni umrida birinchi bor ko`rib, o`rnidan sakrab turgan va qizga uylanishni istamasligini aytgan. «Sen mening tasavvurimdagi qiz emassan. Kechir, lekin sen bilan ajrashaman», — degan u.
Shundan so`ng to`y marosimi to`xtatildi.





