1

Server Jeparov: O`zbekistonning eng iqtidorli yosh futbolchisi - Jamshid Iskanderov

Sport 20.11.2014, 08:53
Server Jeparov: O`zbekistonning eng iqtidorli yosh futbolchisi - Jamshid Iskanderov

O`zbekiston milliy terma jamoasi va Janubiy Koreyaning "Seongnam" klubi yarim himoyachisi Server Jeparov Footballchannel.asia nashri bilan suhbatda bo`ldi va o`zbek futboli haqida so`zlab berdi.

Nashr Server Jeparov futboldagi faoliyatini 17 yoshida "Navbahor" jamoasida boshlaganini ta`kidlaydi.
"Ha, aynan shu jamoada faoliyatimni boshlaganman" - tasdiqlaydi Jeparov. "20 yoshga to`lganimda "Paxtakor" bilan shartnoma imzoladim. Bu jamoa safida fantastik 5 yilni o`tkazdim. So`ngra "Bunyodkor"ga o`tdim va uning safida Osiyoning eng yaxshi futbolchisi bo`ldim".
Shu bilan birga Server Jeparov O`zbekistondagi futbol rivojiga ham urg`u beradi.
"Futbol O`zbekistonda ommaviy sport turi va infrastruktura shiddat bilan rivojlanmoqda. Ko`plab yangi stadionlar qurilyapti yoki eskilari rekonstruksiya qilinmoqda. Masalan "Bunyodkor" hozirda mutlaqo yangi va zamonaviy stadionda o`ynayapti. Bu stadionda yoshlar uchun ham hamma sharoit bor", - deydi Jeparov.
Server Jeparovdan O`zbekistonning eng yaxshi yosh iqtidorli futbolchisi haqida so`rashganda, u Jamshid Iskanderovni e`tirof etdi. O`z navbatida Footballchannel.asia nashri Iskanderovning 2013 yilda bo`lib o`tgan yoshlar o`rtasidagi jahon chempionatida namoyish etgan o`yiniga alohida urg`u beradi.
"Kichik jussali bu pleymeyker 2013 yilgi yoshlar o`rtasidagi jahon chempionatida ajoyib o`yin namoyish qila olgandi. Bu futbolchi yaqinda bo`ladigan Osiyo Kubogida ham o`zini ko`rsatish imkoniyatiga ega", - deyiladi Footballchannel.asia nashri keltirgan mulohazada.

Manba: www.uff.uz   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1