1

Nogironlar o`rtasida JChga qur`a tashlandi

Sport 20.11.2014, 08:56
Nogironlar o`rtasida JChga qur`a tashlandi

Shu yilning 30 noyabr - 8 dekabr kunlari Meksikada nogiron-futbolchilar o`rtasidagi jahon chempionati boshlanadi. Hozirgi paytda O`zbekiston terma jamoasi ushbu musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko`rmoqda.

JChga qur`a tashlandi. Unga ko`ra, 23ta terma jamoa 6ta guruhga bo`lindi. Uch karra jahon chempioni — O`zbekiston terma jamoasi "A" guruhida Braziliya, Irlandiya va Ukraina terma jamoalari bilan birgalikda musobaqani boshlaydigan bo`ldi.

Nogiron futbolchilar o`rtasida JCh. Qur`a natijalari:
"A" guruhi: O`zbekiston, Braziliya, Irlandiya, Ukraina
"V" guruhi: Meksika, Polsha, Gruziya, Italiya
"S" guruhi: Rossiya, Gaiti, Germaniya, Keniya
"D" guruhi: Argentina, Fransiya, Kolumbiya, Salvador
"E" guruhi: Turkiya, AQSh, Yaponiya, Eron
"F" guruhi: Angliya, Gana, Angola

Manba: www.stadion.uz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1