18 noyabr kuni Evropa Futbol Assosiasialar Ittifoqi (UEFA) Tvitterdagi rasmiy sahifasida Evro-2016 chempionatining timsolini taqdimot qildi. Timsolda Fransiya terma jamoasining 16-raqamli formasida to`p tepayotgan, egniga qizil plash kiygan yosh futbolchi – bolakay tasvirlangan.
Timsolni yaratgan dizaynerlar uni odamlarni birlashtirishga qodir, degan g`oyani ilgari surishmoqda. Unga qanday nom berilishi esa hozircha e`lon qilinmayapti, deb xabar beradi "KP" nashri.
Stadion.uz yozishicha, 26 noyabrgacha ushbu timsolga nom tanlash bo`yicha tanlov o`tkaziladi. 30 noyabr kuni esa timsolning Tvitterda rasmiy akkaunti ochiladi.
Eslatib o`tamiz, Evropa chempionati 2016 yilning 10 iyunidan 10 iyuliga qadar Fransiyada bo`lib o`tadi. Evropa chemponatida ilk marta 24 jamoa ishtirok etadi.





