AsosiyDunyo

“Miss Gonduras”ning do`sti opa-singillarni o`ldirganligini tan oldi

“Miss Gonduras-2014” tanlovi g`olibasining singlisining yigiti har ikki qizni o`ldirganligini tan oldi. Buning sababi sevgilisining boshqa erkak bilan raqsga tushganligidir, deya xabar bermoqda RIA Novosti.

Assoshieyted Press agentligi Gonduras milliy polisiyasi direktori general Samon Sabiyonning (Ramon Sabillon) xabar berishicha, Sofiya Plutarko Ruisning boyfrendi (Plutarco Ruiz) qotilligini tan oldi va polisiya xodimlarini jasadlar ko`milgan sohil bo`yiga olib keldi. Taxminiy ma`lumotlarga ko`ra, qizlar bedarak yo`qolgan kuni kecha o`ldirilgan.

Sabiyonning so`zlariga ko`ra, Ruis sevgilisi Sofiyani boshqa yigit bilan raqsga tushganligi uchun otib tashlaydi. Uzoq janjaldan keyin u to`pponchasini oladi va Sofiyaga qarata o`q uzadi, keyin esa qochishga uringan singlisiga.

Mariya Xose Alvarado va uning singlisi Sofiya Trinidad o`tgan haftada yo`qolgan edi.

O`n to`qqiz yoshli Mariya Xose Alvarado 2014 yilning aprelida “Miss Gonduras” tanlovida g`olib chiqqan edi. U yaqinda dekabr oyida bo`lib o`tishi kerak bo`lgan “Miss dunyo” tanloviga tayyorgarlik uchun Londonga ketishi kerak edi.

    Boshqa yangiliklar