AsosiyBU QIZIQ

Жиззах ва Қашқадарёда фуқароларни Кореяга ишга юборишни ваъда қилиб фирибгарлик қилган шахслар ушланди

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25 va 168-moddalari (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo'zg'atildi.

'Жиззах ва Қашқадарёда фуқароларни Кореяга ишга юборишни ваъда қилиб фирибгарлик қилган шахслар ушланди'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma'lum qilishicha, Jizzax viloyatida o'tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro Q.Z. 8 ming AQSh dollari evaziga fuqaroni go'yoki Migratsiya agentligida yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali Koreyaga ishchi vizasi rasmiylashtirib berish va u yerda ishga joylashtirishni va'da qilgan. U oldindan 3 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, Qashqadaryo viloyatida Departament va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o'tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.S. 165 mln so'm evaziga ikki nafar fuqaroni Koreyaga yuborish uchun ishchi vizasi rasmiylashtirib berishini aytib, ushbu mablag'lar hisobidan 7 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo'lga tushgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25 va 168-moddalari (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo'zg'atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar