Internet nashrlarida shu yili noyabr oyining boshida mashxur Gollivud yulduzi Sharon Stounning jiyani 22 yoshli Kolin Stoun narkotik moddalarni ko`p miqdorda qabul qilish oqibatida hayotdan ko`z yumgani haqidagi ma`lumotlar paydo bo`ldi.
Kecha, 19 noyabr kuni aktrisa va uning oilasi ayni voqea yuzasidan rasmiy ma`lumot berishdi. Bu haqda spletnik.ru nashri xabar beradi.
-Kolin ajoyib inson edi. Biz uning vafotidan chuqur qayg`udamiz. U bizning qalbimizda umrbod yashaydi.
Sharon Stoun jiyanining o`limi haqidagi xabarni aktyor Jon Travolta bilan “Qil ustidagi hayot” filmida rol ijro etayotgan vaqtida eshitgan. U jiyanining o`limidan qattiq aziyat chekmoqda.





