Amerikaning mazkur shtatidagi tabiat hodisasi natijasida to`rt kishi qurbon bo`lgan, deya xabar bermoqda uz24.uz vesti.ruga tayangan holda.
Qor yog`ishi bir necha kun avval boshlangan bo`lib, seshanba kuni kuchaygan va bu kun 1976 yildan buyon kuzatilmagan noyabrning eng sovuq kuni bo`ldi. Shtatning ayrim tumanlarida qorning qoplami bir metrdan oshgan.
Hukumat vakilining aytishicha, kuchli qor yog`ishi natijasida yo`l transport hodisalari sodir bo`lmoqda. Shunday hodisalarning birida bir kishi vafot etgan. Yana uch nafar fuqaro ham qurbon bo`lgan. Ular qo`lda qor kurash vaqtida yurak xurujidan o`lgan, deb taxmin qilinmoqda.
Shuningdek, avtomagistrallarda o`nlab haydovchilar o`z mashinalarida qolib ketgan. Nyu-York gubernatori 150 nafar harbiy xizmatchilarni yo`llardagi haydovchilarga yordam berish uchun yuborgan. Shahar meri esa bu hodisani so`nggi 40 yildagi eng kuchlisi deb aytmoqda.
Meteorologlarning aytishicha, 20 noyabrdan yana qor yog`ishi davom etadi.
Manba: vesti.ru





