Isroil aviasiyasi Suriyaning Xama provinsiyasiga havodan zarba berdi, deya xabar bermoqda SANA axborot agentligi.
Raketa zarbalari Livanning havo kengliklari uzra amalga oshirilgan.
Suriyaning havo kuchlariga qarshi mudofaasi Masyaf shahrida ushbu hujumni qaytarishga muvaffaq bo`lgan. Hujum oqibatida uch nafar suriyalik harbiy xizmatchilar jabrlangan.