Xokkey bo`yicha ilk O`zbekiston chempionatining g`olib va sovrindorlari aniqlandi

Sport 17.04.2019, 11:18
Xokkey bo`yicha ilk O`zbekiston chempionatining g`olib va sovrindorlari aniqlandi

Poytaxtimizdagi «Ice City» muz maydoni mezbonlik qilgan xokkey bo`yicha birinchi bor o`tkazilgan O`zbekiston chempionatida barcha g`olib va sovrindorlar aniqlab olindi. Xabar berib o`tganimizdek, bosh sovrin uchun finalda «Binokor» hamda «Semurg`» jamoalari kuch sinashdi.

Jamoalarning murosasiz kechgan qarama-qarshiligida g`olib nomini aniqlash uchun 5 ta o`yin kerak bo`ldi. Hal qiluvchi uchrashuvda «Semurg`» raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmay 4:1 hisobida ustun kelib, xokkey bo`yicha ilk bor o`tkazilgan O`zbekiston chempionatida g`alaba qozondi.

Xokkey bo`yicha O`zbekiston chempionati. Final

«Semurg`» – «Binokor» 4:1 (seriyalar bo`yicha 3:2)

Ta`kidlash joiz, bronza medallari «Humo» jamoasiga nasib etdi. Tantanali taqdirlash marosimida mavsumda o`zini ko`rsatgan bir qator xokkeychilarga shaxsiy sovrinlar topshirildi. Unga ko`ra «Binokor» a`zosi Javohir Rasulov chempionatning eng foydali xokkeychisi bo`ldi. «Semurg`» hujumchisi Sergey Golev esa eng yaxshi to`purar va hujumchi deb topildi. Shuningdek, Aleksandr Zokirov («Binokor») eng yaxshi darvozabon, Konstantin Govrilenko («Semurg`») esa eng yaxshi himoyachi bo`ldi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1