Amerikaning Grinburg shahrida istiqomat qiluvchi 100 yoshli yoga murabbiyi o`zining uzoq umr ko`rish sirini oshkor qildi, deya xabar qilmoqda The State nashri.
Tao Porshon-Linch (Tao Porchon-Lynch) “hamishabahorligi” uchun bu yil 101 yoshga to`ladi. Tao Hindistonda tug`ilib, etti yoshidanoq yoga bilan shug`ullana boshlagan.
Hozir qadar Tao xonim yogadan saboq berib keladi. Keksa pensionerning aytishicha, ijobiy, yorqin fikrlar va to`g`ri nafas olish-chiqarish tufayligina kishilar uzoq umr ko`rishlari mumkin ekan.
Tao xonim sog`liqni saqlashdagi xizmatlari uchun bir necha marta Hindistonning oliy toifadagi mukofotlariga sazovor bo`lgan.