“Tez yordam” voqea joyiga 15 daqiqada etib borishi kerak

Salomatlik 22.11.2014, 12:05
“Tez yordam” voqea joyiga 15 daqiqada etib borishi kerak

O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi tez yordam mashinasini qanchalik uzoq vaqt kutish mumkinligiga javob qaytardi, deya xabar bermoqda uz24.uz sayti.

Ma`lum bo`lishicha, tez yordam bo`linmalari transport vositalari shoshilinch holatlarda 15, boshqa paytda esa 30 daqiqadan 1 soatgacha bo`lgan muddatda etib borar ekan.

Vazirlikning ma`lumotiga ko`ra, ayni paytda 138 ta guruh faoliyat ko`rsatmoqda, ulardan:

- umumiy yo`nalish shifokorlik  – 60;

- pediatr – 40;

- maxsus – 4;

- intensiv terapiya guruhlari – 21;

- feldsherlik – 13.

Chaqiriladigan guruhlarda 650 nafar shifokor, 891  tibbiyot xodimi va 102 nafar sanitar ishlaydi.

Quyida vazirlik tomonidan yo`llangan javob xati keltirilmoqda:

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1