Bu boyaqish jonivorlarga hech kim yordam qo`lini cho`zmadi, xususan, MoMo – keksa, betob va bir ko`zli chixuaxuaga ham, deya xabar qildi Uoutube.som nashri.
MoMo ko`p oylar davomida Los-Anjelesdagi itlar boshpanasida kun ko`rib keldi. Moning shabko`rligi va qulog`i og`irligi uchun hech boqib olmasdi. Shunday kunlarning birida Juliya ismli mehribon ayol Moni ko`rdi-yu, o`z xonadoniga olib ketdi.
Ammo Juliya tez orada shumxabarni eshitdi. Ma`lum bo`lishicha, itlar uchun atalgan vaqtinchalik boshpanada Mo kabi kasalmand va keksa ko`ppaklar juda ko`p ekan.
Shunda bu qalbidaryo ayolning xayolida ajoyib g`oya tug`ildi: u o`z xonadonida qariya itlar uyini ochishga qaror qildi.
Bu chixuaxualarning yoshi ham ma`lum emas. Ularning qo`llaridan ko`p narsa kelmasa-da, ular ajoyib va sodiq do`st.