Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida joylashgan “Nuriston” qo`rg`onida harbiy xizmatchilar uchun 48 xonadondan iborat 2 ta ko`p qavatli xizmat uylari qurilib, foydalanishga topshirildi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.
Shu munosabat bilan o`tkazilgan tadbirda Janubi-g`arbiy maxsus harbiy okrug qo`shinlari qo`mondonligi, Nishon tumani hokimligi, keng jamoatchilik vakillari, harbiy xizmatchilar, ularning oila a`zolari ishtirok etdi. Harbiylarga yangi xizmat xonadonlarining kaliti tantanali topshirildi.
Tadbirda harbiy okrug qo`shinlari qo`mondonligi vakillari so`zga chiqib, yangi turar-joy binolariga ko`chib o`tayotgan harbiy xizmatchilarni qutladi.
Zamonaviy loyihalar asosida qurilgan uylar shinam, 2 va 3 xonadondan ibort. Ularda yashash uchun qulayliklar yaratilgan. Mehmonxona, oshxona va boshqa yordamchi xonalar zamonaviy jihozlangan.