1

Toshkentda Dinamo (Tbilisi) delegasiyasi tantanali kutib olindi

Sport 22.11.2014, 12:27
Toshkentda Dinamo (Tbilisi) delegasiyasi tantanali kutib olindi

Dinamo (Tbilisi) jamoasining 1964 yilda sobiq SSSR chempionligi erishgani munosabati bilan o`tkaziladigan tadbirda qatnashish uchun Gruziya delegasiyasi Toshkentda tantanali kutib olindi, deya xabar beradi ITAR-TASS.

O`zbekiston poytaxtida Gruziya delegasiyasi uchun tantanali qabul marosimi o`tkazildi. Delegasiyani Gruziya sport va yoshlar ishlari vaziri Levan Kipiani (2001 yilda avohalokatda olamdan o`tgan mashhur futbolchi David Kipianining o`g`li) boshqarmoqda.

Delegasiya tarkibida 1964 yilgi "Dinamo" futolchilari Ilya Datunashvili va Vladimir Barkaya, sobiq "dinamochilar" Aleksandr Chevadze, Vladimir Gusaev, Otari Gabeliya va yana 13ta sobiq futbolchilar hamda jurnalistlar bor

Toshkent aeroportida Tbilisidan maxsus reys bilan kelgan mehmonlarni O`zek futboli faxriylari, "Paxtakor" vakillari, jurnalistlar va mehmonlarga gul va suvenir topshirgan o`nlab futolchi bolalar kutib oldi.

"O`zbekiston va Gruziya madaniyat va sport sohasida hamkorlik an`analariga ega, bu an`analarni saqlash va rivojlantirish kerak", - deydi Levan Kipiani.

Gruziya delegasiyasi shana kuni 1979 yilda aviahalokatda olamdan o`tgan "Paxtakor" a`zolari dafn etilgan qabristonni ziyorat qiladilar.

Shu kunning o`zida "Paxtakor" stadionida ikki klub faxriylari o`rtasida o`rtoqlik uchrashuvi bo`lib o`tadi. O`yin 1964 yilgi tarixiy o`yinga bag`ishlanadi - 50 yil avval tbilisiliklar Moskvaning "Torpedo" klubini qo`shimcha o`yinda 4:1 hisobida mag`lub etib, mamlakat chempioni bo`lgan edilar.

17-19 noyabr kunlari tantanalar Tbilisida boshlangan - yubileyga atab ko`rgazmalar, kechalar, kitob va film taqdimoti bo`lib o`tdi. Tadbirning ikkinchi qismi Toshkentda davom etmoqda.

Manba: football.kulichki.net

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1