AsosiyJamiyat

Qozog`istonda sodir bo`lgan YTH yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi “Tezkor raqamlari” ochildi

'Qozog`istonda sodir bo`lgan YTH yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi “Tezkor raqamlari” ochildi'ning rasmi

Qozog`iston Respublikasi IIV Favqulodda vaziyatlar qo`mitasidan olingan ma`lumotga ko`ra 2019 yil 20 aprel kuni soat 05:09 da Jambul viloyati Korday tumani hududidan o`tuvchi “Chimkent-Olmaota” avtomobil yo`lining 181 kilometrida Olmaota-Toshkent yo`nalishida harakatlanayotgan yo`lovchi avtobusi ishtirokida yo`l transport xodisasi sodir bo`lgan. Olingan ma`lumotga ko`ra avtobus salonida 47 nafar yo`lovchi bo`lib ular orasida O`zbekiston Respublikasi fuqarolari ham bo`lgan.

Yo`l transport hodisasi natijasida 11 nafar odam vafot etgan, shundan 8 nafari voqea joyida, 3 nafari esa shifoxonada vafot etishgan. Vafot etganlarning 3 nafari O`zbekiston Respublikasi fuqarolari ekanligi aniqlandi. Sodir bo`lgan yo`l transport hodisasi bo`yicha O`zbekiston va Qozog`iston favqulodda vaziyatlar idoralari hamkorlikda tegishli ishlarni amalga oshirishmoqda.

Vafot etgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari:

Abduxoliqov U. 1993 y.t.

Kalmuratov A. 1988 y.t.

Ermekbaeva D. 1972 y.t.

Jabrlangan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari:

Oljabaev A. 1994 y.t.

Xaitbaev O. 1985 y.t.

Abdusatirov Z. 1999 y.t.

Jumaniyazov M. 1996 y.t.

Axmetova R. 1994 y.t.

Matvjanov O. 1985 y.t.

Seytmurat D. 1987 y.t.

Haydarov S. 1994 y.t.

Ilyasov M. 1974 y.t.

Ismiddinov A. 1997 y.t.

Mambetov N 1971 g. r

Japarov Sh. 1984 y.t.

Mukumjonov S. 1999 y.t.

O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi “Tezkor raqamlari” (+998 78) 147-10-50.

Qozog`iston Respublikasi Jambul viloyati Favqulodda vaziyatlar qo`mitasining “Tezkor raqamlari” +77262999054

    Boshqa yangiliklar