Britaniya qirolichasining sevimli honandasi Adel turmush o`rtog`i bilan ajrashdi, deya xabar bermoqda RIA Novosti nashri.
Qo`shiqchi Adel turmush o`rtog`i amerikalik biznesmen Saymon Konekki bilan ajrashib ketgan bo`lsa-da, bu jarayonni ular ortiqcha bosh og`riqlarsiz hal etishdi, qolaversa, sobiq er-xotin bolalarini birgalikda tarbiyalashmoqchi.
Adel va Koneki 2012 yili tanishib, keyinroq turmush qurishgan edi. Hozir ularning o`g`li Anjelo olti yoshda.
Birlashgan Qirollikda eng mashhur honanda Adel olti karra “Gremmi” mukofoti sohibasi bo`lib, “Taym” jurnali talqiniga ko`ra, bir necha yillar davomida butun dunyoda eng obro`li kishilardan biri hisoblangan.
2018 yilning oxirida Adel konsert berishni to`xtashini aytgan, negaki bu unga hech qanday zavq bermayotgan ekan.