1

Jarohatlangan Odil Ahmedovning o`yinga ikki haftada qaytishi kutilmoqda

Sport 24.11.2014, 08:36
Jarohatlangan Odil Ahmedovning o`yinga ikki haftada qaytishi kutilmoqda

O`zbekiston milliy terma jamoasi va «Krasnodar» klubi yarim himoyachisi Odil Ahmedovning jarohati jiddiy bo`lib chiqmadi, deb xabar bermoqda «Uff.uz».

Xabar qilinishicha, Odil Ahmedovning oyoq mushaklari biroz zo`riqqan. Futbolchining safga qaytishi uchun ikki hafta etarli bo`lishi aytilmoqda.

Eslatib o`tamiz, yarim himoyachi «Krasnodar» — «SSKA» uchrashuvining 20-daqiqasida jarohat olib safdan chiqqan edi. «Krasnodar» bosh murabbiyi Oleg Kononov o`yindan so`ng o`tkazilgan matbuot anjumanida Odil Ahmedovning jarohati jiddiy bo`lishi mumkinligini aytib o`tgandi.

Ammo o`tkazilgan tibbiy ko`rikdan so`ng yarim himoyachining jarohati jiddiy emasligi aniqlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1