AsosiyDunyo

Portugaliyaning sobiq bosh vaziri korrupsiyada ayblanib qo`lga olindi

Portugaliyada rasmiylar mamlakatning sobiq bosh vaziri Joze Sokrateshni qo`lga oldi. Bu haqda Portugaliya prokuraturasiga asoslanib Diaro de Noticias xabar bermoqda.

2005−2011 yillarda hukumatga rahbarlik qilgan Sokratesh 21 noyabr kuni Parijdan uchib kelgan vaqtda Lissabon xalqaro aeroportida qo`lga olingan. U soliq to`lashdan qochish, byudjet mablag`larini noqonuniy o`zlashtirish hamda korrupsiyada ayblanmoqda. Undan tashqari yana uch kishi qo`lga olingani aytilgan.

Shuningdek, jamoat xavfsizligi polisiyasi, soliq va bojxona organlarining bir necha xodimlari ishtirokida turli joylarda qidiruv ishlari boshlangan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar