AsosiyDunyo

AQShda oyna yuvuvchi 11-qavatdan yiqilib, tirik qoldi

AQShning Kaliforniya shtati San-Fransisko shahrida oyna yuvuvchi kishi 11-qavatdan ko`chada yurib ketayotgan mashina ustiga qulab tushdi va tirik qoldi. The Washington Post yozishicha, erkak og`ir jarohatlar bilan kasalxonaga etkazilgan.

Hodisa 21 noyabr kuni 10:00 atrofida (Toshkent vaqti bilan 23:00) banklardan birining binosida sodir bo`lgan. Ishchi o`sha paytda ko`chada harakatlanayotgan Toyota Camry avtomobili ustiga tushgan.

Polisiya ma`lumotlariga ko`ra, erkak mashina tomini yorib kirgan, natijada barcha oynalar singan. Biroq mashina haydovchisiga ziyon etmagan. Voqea joyiga etib kelgan qutqaruvchilar hushi joyida bo`lgan oyna yuvuvchini kasalxonaga etkazgan. Shifokorlar aytishicha, u barqaror, ammo og`ir ahvolda.

    Boshqa yangiliklar