1

Eksport salohiyatini oshirish yo`lida

Jamiyat 25.04.2019, 14:03
Eksport salohiyatini oshirish yo`lida

Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalarga muvofiq, mamlakatimiz iqtisodiyotining barqarorligini ta`minlashda eksport salohiyatini oshirish bugungi zamonning asosiy talabiga aylanmoqda.

Shu bois, "O`zagrotexsanoatxolding" AJ tizim korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan qishloq xo`jaligi texnikalarini eksport qilish uchun yangi bozorlarni izlash va eksport salohiyatini yanada oshirish ishlari izchil davom etmoqda.

Jumladan, kuni kecha "O`zagrotexsanoatxolding" AJ Boshqaruv raisi M.Karimov Tojikiston Respublikasining "Nauselmash" YoAJ korxona Boshqaruv raisi Muxitdinov Gaforxon Nabievichni qabul qildilar, uchrashuvda korxonalar o`rtasida hamkorlik, do`stona aloqalarni yo`lga qo`yish va xorijiy investisiyalarni jalb qilish masalalari muxokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar dastlab 100 dona chopiq traktori, 100 dona traktor tirkamasi va 10 dona paxta terish mashinalarini Tojikiston Respublikasiga «O`zagrotexsanoatxolding» AJ tizim korxonalarining qishloq xo`jaligi texnikalarini etkazib berishga kelishib oldilar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1