B.Bozorov 2019 yil 2 fevral kuni soat taxminan soat 15:00 larda, Guliston shahar “Chexra palace” nomli mehmonxona yonida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirga xaridor sifatida ishtirok etishga jalb qilingan U.Ulashovga 42.250.000 so`m miqdordagi qiymatga teng bo`lgan 5000 AQSh dollarining (har bir AQSh dollarini 8.450 so`mdan qora bozor kursida hisoblab) jami 42.250.000 so`mganoqonuniy sotgan vaqtida ushlangan.
Mazkur jinoyat ishi jinoyat ishlari bo`yicha Sirdaryo viloyati Guliston shahar sudi tomonidan 2019 yil 9 aprelda sayyor sud majlisida ko`rib chiqildi.
O`tkazilgan sud majlisi davomida sudlanuvchi B.Bozorov aybiga to`liq iqror va qilmishidan chin ko`ngilda pushaymon bo`lib, ko`rsatma berdi hamda uning sodir qilgan jinoyati guvohlarning ko`rsatmalari, jinoyat ishida to`plangan ob`ektiv dalillar bilan o`z tasdig`ini topdi.
Sudning hukmi bilan B.Bozorovga O`zbekiston Respublikasi JKning 177-moddasi 2-qismi bilan JKning 57-moddasini qo`llab, eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida 10.136.500 so`m jarima jazosi tayinlandi.
Ashyoviy dalil tariqasida olingan 5.000 AQSh dollarini davlat egaligiga o`tkazish belgilandi.
I.Qoraboev
Sirdaryo viloyati Guliston
shahar sudining sudyasi