1

Osiyo—Okeaniya chempionati g`oliblari Toshkentga etib keldi. Ular tantanali ravishda kutib olindi

Jamiyat 25.04.2019, 21:09
Osiyo—Okeaniya chempionati g`oliblari Toshkentga etib keldi. Ular tantanali ravishda kutib olindi

Kecha, 24 aprel kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida dzyudo bo`yicha Osiyo—Okeaniya chempionatida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan sportchilar tantanali kutib olindi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu marosimda O`zbekiston dzyudo federasiyasi,Mudofaa vazirligi sport klubi, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Eslatib o`tamiz, 20—23 aprel kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahrida o`tkazilgan chempionatda Mudofaa vazirligi sport klubi a`zolari ham qatnashib, milliy terma jamoa hisobiga medallar shodasini qo`shib qo`ygan.

Ayollar o`rtasida kechgan bellashuvlarda Diyora Keldiyorova (-52 kg) oltin medalni qo`lga kiritgan bo`lsa, shartnoma bo`yicha harbiy xizmatchi Gulnoza Matniyozova (-70 kg) hamda Sharofiddin Boltaboyev (-81 kg) kumush medal sohibiga aylandi. Hikmatillo To`raev (-73 kg) va Muhammadkarim Xurramov (-100 kg) bronza medallari bilan yurtimizga qaytdi.

Harbiy orkestr sadolari ostida kutib olingan sportchilar jahon arenalarida qo`lga kiritgan g`alaba va sovrinlari bilan muborakbod etildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1