1

Braziliyada 2016 yilgi Olimpiada va Paralimpiada talismanlari namoyish etildi

Sport 24.11.2014, 15:56
Braziliyada 2016 yilgi Olimpiada va Paralimpiada talismanlari namoyish etildi

Braziliya faunasi (hayvonot dunyosi)ni o`zida mujassam qilgan obraz – ko`rinishi mushukni eslatuvchi sariq rangli jonzot Rio-de-Janeyroda bo`ladigan Olimpiya o`yinlarining talismani (ramziy tumori)ga aylandi, deya xabar bermoqda “TASS”.

Paralimpiya o`yinlari maskotini tayyorlashda esa musobaqa tashkilotchilari mahalliy flora (o`simlik dunyosi)dan ilhom olishgan – musobaqalar talismani etib ko`rinishi daraxtni yodga soladigan ko`k-yashil mavjudot tanlangan.

Endi braziliyaliklar internetda tashkil etiladigan so`rovnoma yordamida 2016 yilda bo`lib o`tadigan O`yinlarning ramzlariga nom tanlashlari kerak bo`ladi.

Hozircha nom masalasida uchta variant bor, bular – Oba va Eba, Tiba-Tuki va Eskindim, shuningdek, Vinisius va Tom. Nomlar qatoridagi so`nggi juftlik braziliyalik mashhur mashshoqlar – Vinisius di Morays va Tom Jobim sharafiga atalgan.

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahridagi yozgi Olimpiya o`yinlari 2016 yilning 5-21 avgust kunlari o`tkazilishi rejalashtirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1