AsosiyJamiyat

Cayyohlik salohiyatini aks ettiruvchi tashqi reklamalar joylashtirildi

'Cayyohlik salohiyatini aks ettiruvchi tashqi reklamalar joylashtirildi'ning rasmi

Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan hamkorlikda mamlakatimizning turizm salohiyatini targ`ib qilish, bu borada amalga oshirilayotgan ishlardan xalqni boxabar qilish maqdsadida har bir tumanda uchtadan kam bo`lmagan joylarda, shaharlarning esa beshdan ortiq hududlarida O`zbekistonning sayyohlik salohiyatini aks ettiruvchi tashqi reklamalar joylashtirildi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi rasmiy saytida xabar berildi.

Mazkur tashqi reklamalar “O`zbekiston bo`ylab sayohat qiling!” shiorni xalq orasida ommalashtirib, yurtimizning boy tarixiy tarixiy obidalari, ulug` ajdodlarimiz nomlari bilan bog`liq muqaddas ziyoratgohlari hamda betakror tabiati va so`lim maskanlari, qisqacha aytganda, mamlakatimizning turistik maskanlari hamda milliy turizmning yangi turlari namoyishi orqali yurtimiz aholisi O`zbekiston bo`ylab sayohat qilishga chaqirilgan.
Bu esa o`z navbatida barchamizni kelgusida O`zbekistonning yangi turizm turlari bo`yicha betakror yurtimiz bo`ylab sayohat qilishimizga, o`zimiz uchun O`zbekistonni qayta kashf etishimizga xizmat qilishiga ishonamiz.





    Boshqa yangiliklar