AsosiyJamiyat

Germaniyaning «Sonnenklar.TV» sayyohlik telekanali O`zbekistonning sayyohlik salohiyatini targ`ib etishni boshladi

'Germaniyaning «Sonnenklar.TV» sayyohlik telekanali O`zbekistonning sayyohlik salohiyatini targ`ib etishni boshladi 'ning rasmi

Germaniya hamda Evropa Ittifoqining etakchi sayyohlik kanallaridan biri «Sonnenklar.TV» O`zbekistonga sayohatni targ`ib qilishni boshladi. Bu haqda Turizmni rivojlatirish davlat qo`mitasi rasmiy sayti xabar bermoqda.
Bu jarayon 2019 yil oxiriga qadar nemis va boshqa Evropa mamlakatlari tomoshabinlariga keng va maqsadli axborotni taqdim etishga mo`ljallangan bo`lib, sayyohlik imkoniyatlari, mamlakatning tarixiy shaharlari va jahonga mashhur turistik markazlariga keng va maqsadli axborot taqdim etishga mo`ljallangan. «Sonnenklar.TV» telekanali har oyda 40 milliondan ziyod uy xo`jaliklari hamda 41 millionga yaqin onlayn auditoriyaga ega.

E`tiborlisi shundaki, O`zbekiston haqida e`lon qilingan material chiqishining dastlabki soatlarida 16 kishi respublikamizga sayyohlik safarlari uchun to`lovni amalga oshirdi. Eslatib o`tamiz, «Sonnenklar.TV» Germaniyaning eng kuchli to`rttaligidan o`rin olgan yirik tur operatorlaridan biri bo`lgan «FTI Group» sayyohlik guruhiga tegishlidir. Joriy yilning mart oyida O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi raisi vazifasini bajaruvchi Abdulaziz Akkulov rahbarligi hamda O`zbekistonning Gemaniyadagi elchixonasi ko`magida «ITB Berlin 2019» doirasida o`tkazilgan uchrashuvlarda O`zbekiston turistik salohiyatini Germaniya va Evropa Ittifoqining boshqa davlatlarida keng targ`ib etishga doir qator kelishuvlarni amalga oshirildi. Bu sa`y-harakalar kelgusida o`z samaralarini berishi kutilmoqda.
O`ylaymizki, Germaniya hamda Evropa Ittifoqining boshqa mamlakatlari o`rtasidagi hamkorlik natijasida yil yakuniga qadar O`zbekistonga minglab sayyohlarning tashrif buyurishiga erishiladi.

    Boshqa yangiliklar