Qurolli Kuchlar Bosh shtabi jismoniy tayyorgarlik va sport bo`limi boshlig`i podpolkovnik Aziz Haydarov hamda Mudofaa vazirligi Sport klubi boshlig`i podpolkovnik Mansur Mamadaminov Vetnam Respublikasining Xoshimin shahrida bo`lib o`tayotgan 74-xalkaro harbiy sport kengashi (CISM) Bosh assambleyasida qatnashdi.
30 aprelga qadar davom etgan mazkur tadbirda dunyoning 98 davlatidan kelgan harbiy sport mutaxassislari ishtirok etmokda.
Assambleya davomida joriy yilning 18—27 oktyabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Uxan shahrida bo`libo`tadigan VII Butunjahon harbiy-sport o`yinlariga tayyorgarlik, qur`a tashlash hamda 2020—2021 yillarda o`tkiziladigan musobaqalar bo`yicha sport taqvimi rejasi ko`rib chiqilmoqda.
VII Butunjahon harbiy-sport o`yinlari davomida 136 davlat terma jamoalariningharbiy sportchilari sportning 27 ta turi bo`yicha kuchsinashishi kutilmoqda.
O`zbekiston Mudofaa vazirligi terma jamoasi ham dunyo armiyalari o`rtasidagi eng yirik sport o`yinlaridaqatnashishi kutilmoqda.
Ma`lumot uchun: Xalqaro harbiy sport kengashi yoki International Military Sports Council (IMSC) yoki Conseil International du Sport Militaire (CISM) – jahonda yirik sport fanlararo tashkilotlaridan biri hisoblanadi.U 1948 yilning 18 fevral kuni Fransiyaning Nissa shahrida tashkil topgan. Kengashga birinchi a`zolari Belgiya, Daniya, Fransiya, Lyuksemburg va Niderland davlatlari bo`lgan. Xozirgi vaqtda CISM Xalqaro Olimpia qo`mitasidan keyin dunyoning eng nufuzli sport tashkiloti hamda Military World Games va World Military Cup (Butunjahon armiya o`yinlari) kabi katta ahamiyatga ega bo`lgan xalqaro sport tadbirlarining tashkilotchisi hisoblanadi. CISMning farqli tomoni shundaki, u faqat harbiy sportchilarni o`zaro birlashtiradi. Xalqaro harbiy sport kengashini harbiy sportni rivojlantirishda ilmiy va texnik yondashishlarni o`rganish bo`yicha o`zining Akademiyasiga ega. Asosiy sport turlarini rivojlantirish, musobaqalarni tashkil etish va o`tkazish masalalari bilan shug`ullanadigan doimiy texnik qo`mitalar mavjud.
Mudofaa vazirligi matbuot xizmati