Farg`ona shahrida Ikkinchi jahon urushida matonat ko`rsatgan hamyurtlarga ehtirom ramzi sifatida “Sharaf lentasi”ni ulashish aksiyasi o`tkazildi.
Farg`ona garnizoni harbiy xizmatchilari va viloyat Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda lentalardastlab “Al-Farg`oniy” nomidagi istirohat bog`ida va shahar markaziy dehqon bozorida tarqatildi.
Harbiy okrug Ma`naviyat va ma`rifat markazi harbiy orkestri tomonidan ijro etilgan musiqa sadolari milliy bayrog`imiz ramzi tushirilgan “Sharaf lentasi”ni aholiv akillariga ulashdi. Ta`kidlash kerakki, mazkur aksiya butun mamlakat bo`ylab keng o`tkazilib kelinmoqda.
“Sharaf lentasi”ni aholi vakillariga ulashish Qo`qon shahridagi ko`ngilochar savdo markazi hamda 12-sonli Mehribonlik uyida ham o`tkazildi.
Bu kabi tadbirlar poytaxtimizda ham keng o`tkazilmoqda. Kecha, 30 aprel kuni Chirchiq oliy tank qo`mondonlik-muhandislik bilim yurtining bir guruh kursant-faollari Toshkent shahridagi Xalqlar do`stligi maydoni va Amir Temur xiyobonida “Sharaf” ramzi bo`lgan lentalarni poytaxt aholisi va mehmonlariga ulashdi. Qurolli Kuchlar akademiyasi harbiy orkestri ijro etgan kuy va qo`shiqlar esa yig`ilganlarda shukronalik tuyg`ularini uyg`otdi.
Mudofaa vazirligi matbuot xizmati







